BUM! O'zbekiston Urugvay bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2025
Jahon chempionati yo'llanmasigi qo'lga kiritgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 karra jahon chempioni bilan ro'baro' keladi.

Mundialga tayyorgarlik ko'radigan milliy jamoa Marselo Belsa qo'l ostidagi Urugvay termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda.

O'zbekiston oldin ham 2018 va 2019 yillarda Urugvayga qarshi uchrashuvlarda qatnashgan. Har ikki uchrashuvda KONMEBOL a'zosi 3:0 hisobida zafar quchgan.

Avvalroq Timur Kapadze shogirdlari oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Argentina bilan to'qnash kelishi haqida xabar berilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia