CAFA Nations Cup musobaqasiga qur'a tashlandi: O'zbekiston O'mon bilan bir guruhdan joy oldi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025, 16:20
29 avgustdan 8 sentyabrgacha O'zbekiston yana bir yirik turnirga mezbonlik qiladi.

Bu gal CAFA Nations Cup qatnashchilari soni yana 2 taga ko'payadi - musobaqada mehmon sifatida Malayziya va O'mon terma jamoalari ishtirok etadi. 

Sal oldin musobaqaga qur'a tashlash marosimi yakuniga etdi. Unga ko'ra, O'zbekiston "A" guruhida Qirg'iz Respublikasi, Turkmaniston va O'mon bilan bahs yuritadigan bo'ldi.


CAFA Nations Cup

"A" guruhi

O'zbekiston (mezbon)

Qirg'iz Respublikasi

Turkmaniston

O'mon


"B" guruhi

Tojikiston (mezbon)

Eron

Afg'oniston

Malayziya



Ma'lumot uchun, "A" guruhi o'yinlari va musobaqaning final uchrashuvi Toshkent shahrida, "B" guruhi va 3-o'rin uchun bahs Dushanbe shahrida o'tkziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia