OPL. "Sumqayit" mehmonda mag'lub bo'ldi, Abdixoliqov to'liq o'ynadi, Jasur Jaloliddinov esa...

Alisher Ostonov
11 may 2025
Ozarbayjon Premer-ligasi 34-tur doirasidagi "Kapaz" - "Sumqayit" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yindagi hisob taqdirini 11-daqiqada Rauf Huseynli tomonidan kiritilgan gol hal qildi. Mehmonlar safida hujumchi Bobir Abdixoliqov to'liq harakat qildi, xavbek Jasur Jaloliddinov esa yana zaxirada qoldirildi.

"Sumqayit" 34 turdan so'ng 30 ochko jamg'argan holda 9-o'rinni band etib turibdi. Jamoa ligada qolish vazifasini uddalagan.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia