Pedru Moreyra "Paxtakor"ni tark etdi

Aslanov Jasurbek
5 may 2025, 21:03
Portugaliyalik mutaxassis Pedru Moreyra "Paxtakor" bilan xayrlashdi.

Moreyra "sherlar" safini tark etdi. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'zining Telegramdagi kanalida ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Pedru Moreyra 2024 yilning 4 dekabrida "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan edi. Mutaxassis "sherlar" boshqaruvida barcha turnirlarda 14ta o'yin o'tkazdi va ularning 7 tasida g'alabaga erishdi va yana shunchasida mag'lub bo'ldi.

"Paxtakor"ni noma'lum muddat jamoa sobiq bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev boshqarib turadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia