"Chikago Fayr" De Bryuyne bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher Ostonov
3 may 2025, 12:58
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

33 yoshli belgiyalik futbolchiga "Chikago Fayr" da'vogarlik qilmoqda. Amerika klubi futbolchi bilan muzokaralarni boshladi. Avvalroq, De Bryuynening mavsum yakunida "Siti"ni tark etishi ma'lum bo'lgandi.

De Bryuyne joriy mavsum 36 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: ESPN