Abbos Fayzullaevning "Benfika"ga transferi barbod bo'lgan?!

Sherzod Nurmatov
2 apr 2025
Pro Sports Management kompaniyasi rahbari German Tkachenko Sport24 muxbiri Aleksandr Muyjnekka bergan intervyusida "Benfika" SSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning transferi bo'yicha muzokaralar o'tkazishni xohlamaganini aytdi.

– Avvalroq Rossiya futboli Yevropa bozorida rad qilinayotgani haqida gapirgan edingiz. Hozirda buni engib o'tish tendenciyasi bormi?

– Bunga umid qilyapman. Bizga munosabat yumshoqlashdi. Masalan, "Sanderlend" tavakkal qilib, "Zenit"ga Izidor uchun pul to'ladi, Safonov esa PSJga o'tdi. Bu hali tendenciyadagi yakuniy burilish nuqtasi emas, evolyuciya jarayonda.

– Qanaqa qarama-qarshi misollar mavjud?

– Fayzullaev masalasini "Benfika" bilan muhokama qildik. Ammo birinchi bosqichdayoq klub rossiyaliklar bilan o'zaro munosabatlarga kirishmasligini bildirib, "yo'q" dedi.

– Bu SSKA bo'lgani uchunmi?

– Biz chuqurlashmadik. Shu bilan aloqalar uzilib qoldi. "Biz Rossiya bilan ish qilmaymiz" tezisi paydo bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport24.ru