

Qirollik klubi Everton a'zosi Jerred Brentueyt bilan shartnoma tuzmoqchi. Ushbu transfer madridliklarga 75 million evroga tushishi mumkin. Everton himoyachini aynan shu summaga sotishni maqsad qilgan.
Ma'lumot uchun, 22 yoshli himoyachi joriy mavsum 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning inglizlar bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallagan. Transfermarket futbolchini 42 million evroga baholamoqda.


