"Lokomotiv" tarkibida ukrainalik legioner ko'rikdan o'tmoqda

Iskandarov Abdulaziz
26 yanv 2025
Bu yil Pro ligada ishtirok etadigan "Lokomotiv" tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilishda to'xtayotgani yo'q.

"Temiryo'lchilar"ning Toshkentda olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida ukrainalik futbolchi Artyom Marchuk ko'rikdan o'tmoqda. 2006 yilda tug'ilgan futbolchi Latviya ikkinchi ligasining "Riga 2" jamoasidan kelib qo'shildi. U kecha "Qizilqum"ga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida asosiy tarkibda harakat qildi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia