Eshitdik-da! O'zbekiston futzal terma jamoasining yangi bosh murabbiyi ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
24 yanv 2025, 17:10
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi aniq bo'ldi.

O'tgan yili yurtimiz mezbonlik qilgan jahon chempionatidan so'ng ispaniyalik murabbiy Xose Venansio Lopes iste'foga chiqqandi. Shundan buyon, terma jamoamizga kim ustozlik qilishi aniq bo'lmay kelayotgandi. 

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, so'nggi uch yilda BMB klubi bilan birga O'zbekiston chempioni bo'lgan Nodir Eliboev terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi bo'ladi. 

Terma jamoamizning navbatdagi musobaqalarida futzalchilarimiz Nodir Eliboev boshchiligida ishtirok etadilar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia