"Andijon" Tojikistonga jo'nab ketdi

Alisher
5 yanv 2025
"Andijon" jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini Tojikistonda o'tkazadi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan "Andijon" oldin xabar qilganimizdek, 3 yanvarda o'z qarorgohida to'plandi va klub bazasida ikki kun davomida shug'ullangan jamoamiz bugun ertalab Tojikistonning Xo'jand shahriga jo'nab ketdi.

Aleksandr Xomyakov shogirdlari u erda 5-17 yanvar kunlari mobaynida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Shuningdek, nazorat bellashuvi o'tkazilishi ham rejalashtirilgan

Bundan tashqari, mazkur yig'inga U-21 jamoamizdan bir qator iqtidorli o'yinchilar ham jalb qilingan. Shuningdek, mashg'ulotlarga yana yangi o'yinchilar ham qo'shilishi ko'zda tutilgan. Shartnoma imzolangach, "Andijon" matbuot xizmatining rasmiy sahifalari orqali rasman e'lon qilamiz", - deyiladi klub xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати