

Kataloniyaliklar jamoa sardori bilan xayrlashganini e'lon qildi. 1 iyun shartnomasi yakunlangan futbolchi bilan "Barselona" yangi kelishuv qilishni istamadi.
Endi jamoani Mark-Andre ter Shtegen sardor sifatida maydonga olib tushadi.
Ma'lumot uchun, Roberto "Barselona"dagi faoliyati davomida jami 479 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 29 ta gol va 46 ta golli uzatma bor. U kataloniyaliklar bilan jami 22 ta sovrin yutgan.



