"Barselona"ning uzoq yillik futbolchisi Xavining ketishi sabab klubni tark etadi

Alisher
28 yanv 2024, 20:23
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto mavsum so'nggida klubdan ketadi.

Bunga bosh murabbiy Xavi Ernandesning yozda bosh murabbiylikdan ketish qarori sabab bo'lgan.

Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. "Ko'k-anorranglilar" Xavi talabi ostida o'yinchi bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirishga tayyor edilar. Mutaxassis iyunda klubni tark etar ekan, klub ispan bilan shartnomani uzaytirishga ehtiyoj yo'q deb hisoblaydi.

Roberto "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 31 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assis qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS