“Barselona” himoyachisi yil oxirigacha safdan chiqdi

Eldor Akmurzayev
24 okt 2022, 09:20
“Barsa” o'ng qanot himoyachisi Serxi Roberto 2022 yil boshqa maydonga tushmasligi aytilmoqda.

U “Atletik” bilan bahsda (4:0) to'liq harakat qildi va bitta golni o'z hisobiga yozdirdi. Ammo 30 yoshli futbolchi elkasidan jarohat olgani xabar qilinmoqda. “Mundo Deportivo” manbasiga ko'ra, Roberto JCH-2022'dan keyin dekabr oylarida qayta tekshiruvdan o'tadi.

Serxi Roberto joriy mavsum klub libosida 12 bahsda qatnashib, 2+2 natija ko'rsatib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo