Eshitdik-da! Sergey Lushchan "Navbahor" bosh murabbiyi

Iskandarov Abdulaziz
16 iyul 2024
Xabaringiz bor, birinchi davra yakunlangandan so'ng "Navbahor" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz bergan edi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, endilikda "lochinlar"ni ikkinchi davrada Sergey Lushchan boshqaradi. Klub so'nggi vaqtlarda "Odil Ahmedov FA"da texnik direktor lavozimida ishlayotgan mutaxassis bilan kelishuvga erishgan. 

Sergey Lushchan uchun "Navbahor" murabbiylik faoliyatidagi beshinchi jamoa bo'ladi. Bundan avval u "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Dinamo", "Shaxtyor" (Belarus) klublarida faoliyat olib borgan. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia