37 yoshli Dani Alves "San-Lorenso"ga o'tishi mumkin

Alisher
10 fev 2021
"San-Paulu" himoyachisi Dani Alves faoliyatini Argentinaning "San-Lorenso" klubida davom ettirishi mumkin.

37 yoshli braziliyalik futbolchi Ernan Krespo boshqaruvidagi klubga yo'l olishi mumkin.

Dani Alves bungacha "Sevilya", "Barselona" va PSJ klublarida o'ynagan. U eng ko'p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi.

Uning hisobida "Barselona" bilan uchta CHL sovrini, shuningdek Braziliya terma jamoasi bilan ikki Amerika Kubogi bor.


AlisherMuallif
Manba: TyC Sports