"Al Ayn" - OCHL g'olibi!

Alisher
25 may 2024, 23:16
OFK Chempionlar ligasi final ikkinchi o'yin doirasidagi "Al Ayn" - "Yokogama Marinos" o'yini bo'lib o'tdi.

Yaponiyada kechgan dastlabki bahsda "Yokogama" 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Bugungi o'in BAAdagi "Hazza Bin Zayed Stadioni"da bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsni hamyurtimiz Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam berdi, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajardi.  Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Sanjar Shoyusupov zaxira yordamchi hakami vazifasida ishladi.


"Al Ayn" - "Yokogama Marinos" 5:1 (ilk o'yin - 1:2)

Gollar: Sofyan Raximi (8, 67), Kaku (33-p), Kojo Laba (90+1, 90+5) - Yan (40).

Chetlatish: Villiam Popp (45+10 - "Yokogama Marinos")




AlisherMuallif
Manba: championat.asia