

61 yoshli mutaxassis "Roma"ni tark etganidan beri yangi tajribalar to'g'risida bosh qotirmoqda.
Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Yevropa Konferenciyalar ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan yagona murabbiy Angliya Premer-ligasiga qaytishni istamoqda va "Nyukasl" bilan muzokaralarga kirishgan.
Mourinyu The Telegraph nashriga keyingi klubida qo'llash uchun yangi taktika va innovaciyalar ustida ishlayotganini ma'lum qildi.
Bunday "strategiya"lardan biri o'z darvozabonini boshqa poziciyadagi futbolchiga almashtirish hisoblanib, futzaldagi singari raqibni qamal qilishda foydalanilishi ko'zda tutilgan.



