MYU futbolchisi o'zini "Inter"ga taklif qildi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2024, 15:41
Antoni Marsyal "Inter"ga o'tishi mumkin.

Fransiyalik hujumchining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Futbolchi katta ehtimol bilan jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Marsyal o'z xizmatlarini "Inter"ga taklif qildi. Futbolchi "Portu"dagi Mehdi Taremi bilan kelishib qo'ygan Italiya klubining transfer byudjeti cheklanganidan xabari bor.

Antoni joriy mavsum APLning 13ta uchashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia