Antonio Konte "Bavariya"da ishlash variantiga qiziqib qolgan

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2024, 12:31
"Intera", "Yuventus" va "Chelsi" kabi klublar sobiq bosh murabbiyi Antoni Konte faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Italiyalik mutaxassis "Bavariya"da ishlashga qiziqmoqda. O'z navbatida, nemis klubining Tomas Tuxel bilan hamkorligi uzoqqa cho'zilmasligi taxmin qilinmoqda.

Konte Myunxen klubini o'zi ishlashi uchun ideal variant deb hisoblamoqda. Antonio "Bavariya"ni dunyoning TOP-3 jamoasidan biri deb hisoblaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive