Rasman: "Neftchi" nigeriyalik forvard transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024, 16:34
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan va tarkibni kuchaytirish borasida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirayotgan jamoa bugun nigeriyalik hujumchi Nsungusi Effiong bilan shartnoma imzoladi.

24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Qozog'iston Premer-ligasi vakili "Atirau" tarkibida 25 ta uchrashuvda 7 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Nsungusi Effiong faoliyati davomida "Inter Ellays" (Gana) va "Kyoge" (Daniya) jamoalarida ham harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати