Tezkor! Igor Sergeevning jarohati borasida ma'lumot

Mirjalol Normatov
23 yanv 2024
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi 3-turi doirasida Avstraliyaga qarshi o'yin o'tkazdi.

Unda Igor Sergeev 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 84-daqiqada jarohat olib maydonni tark etdi. Futbolchini zambilda maydondan olib chiqib kyetishdi.

Futbolchining jarohati borasida ma'lumot oldik. Unga ko'ra, futbolchining tizzasi oldi xochsimon mushaklari jiddiy jarohatlangan. Sergeev yaqin vaqtlarda jarrohlik stoliga yotadi.

Operaciyadan keyin Sergeev eng kamida 6 oy maydonga tushmasligi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia