“Manchester Yunayted” 1989 yildan beri APLdagi eng yomon startini amalga oshirdi

Khoja
17 sen 2023
“Manchester Yunayted” 1989 yildan beri APLda eng yomon natija qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, APL 5-turi doirasidagi o'yinda “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Brayton”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 

Shu tariqa, Erik ten Xag jamoasi APL 23/24 mavsumidagi dastlabki beshta o'yinning uchtasida mag'lub bo'ldi, bu ularning 1989/90 yilgi mavsumdan beri eng yomon natijasi hisoblanadi. O'sha mavsumda jamoa mavsum yakuniga ko'ra 13-o'rinni egallagan. 

Ayni vaqtda “Manchester Yunayted” 6 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 13-pog'onasida bormoqda. Keyingi turda “Manchester Yunayted” Byornliga qarshi 23 centabr kuni bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru