"Brayton" “Manchester Yunayted”ni mag'lub etib, “Old Trafford”dan uch ochko bilan qaytmoqda

Nozimov Nig'monxo'ja
16 sen 2023
Angliya chempionati 5-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" – "Brayton" uchrashuvi yakunlandi.

Manchester Yunayted – Brayton 1:3 

19.00, Old Trafford

Gol: 20 - Uelbek, 53 - Paskal Gros, 72 - Juan Pedru, 73 - Xannibal Mejbri

Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Lindelef, Martines, Regilon, Eriksen, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Maktominey, Reshford, Xeylund.

Brayton – Stil, Lempti, Dank, van Xekke, Veltman, Lallana, Gross, Daud, Mitoma, Adengra, Uelbek.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+2. Fatining zarbasini Onana qaytarmoqda

Hakam ikkinchi bo'limga olti daqiqa qo'shdi 

85. O'zgarish: Fakundo Pelistri, Aaron Uan-Bissaka, Alexandro Garnacho maydonga tushdi. Ular Lisandro Martines, Skott Maktominey va Serxio Regilonni alishtirdi

85. O'zgarish: Saymon Adingra maydonga tushdi, uni Evan Fergyuson alishtirdi.

79. Mitoma jarima maydonchasining ichiga kirib bordi va zarba yo'lladi. Onana zarbani qaytardi

73. GOOOL. Xannibal Mejbri hisobni biroz qisqartirmoqda

72. GOOOL. Juan Pedru o'yinga nuqta qo'ymoqda... Tarik Lemptidan assist

66. Reshfordning jarimdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

64. O'zgarish: Xannibal Mejbri va Antoni Marsyal maydonga tushdi, ular Kazemiro va Rasmus Xoylundni alishtirdi

64. O'zgarish: Adam Lallana va Denni Uelbek maydoni tark etdi, ularning o'rniga Juan Pedru va Ansu Fati maydonga tushdi

57. Brunu Fernandeshning zarbasini darvozabon ushlab oldi



53. GOOOL. Paskal Gros raqib darvozasiga ikkinchi golni urmoqda. Tarik Lemptidan assist

51. Reshforddan navbatdagi yurish va yana noaniq.

49. Paskal Grosning zarbasini darvozabon ushlab oldi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+3. Ogohlantirish: Bruno Fernandesh ogohlantirildi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. Reshfordning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

40. GOOOL.  Reshford qanotdan kirib bordi va to'pni Xeylundga uzatdi. MYUning hujumchisi esa hisobni tenglashtirdi. Biroq Reshford to'pni maydondan chiqarib yuborgan ekan va gol bekor qilindi.  

39. Mitoma qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatman amalga oshirdi, biroq MYU himoyachisi to'pni jarima maydonchasining ichidan chiqarib yubordi

34. Reshfordning zarbasi himoyachiga tegib,, ustunga tegmoqda. MYU burchak zarbasiga ega bo'ldi, biroq omadsiz

32, Uelbekning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

24. Ogohlantirish: Yan Paul van Xekke hakam tomonidan ogohlantirildi

20. GOOOL.  Uelbek hisobni ochdi. Ilk hujum, ilk zarba va gol. MYU himoyachilari golda uxlab qoldi

18. Dastlabki 10 daqiqadan so'ng MYUning hujumlari ancha sekinlashdi va mehmonlarda ham imkoniyatlar paydo bo'la boshladi

10. Tarik Lemptining zarbasiga aniqlik yetishmadi

9. Xeylund yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Hozircha MYUning hujumlarining so'nggi nuqtasini qo'yadigan futbolchi yo'q

7. Xeylundning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

6. Reshford yaxshi kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq mehmonlar darvozabonidan seyv

4. Ogohlantirish: Tarik Lempti hakam tomonidan ogohlantirildi

3. Dalot maydonda yotibdi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishi kerak

UCHRASHUV BOSHLANDI

 


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia