Joan Laporta Ronaldinyo Qirg'iz Respublikasiga kelishini ta'kidladi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2023, 10:27
Afsonaviy futbolchi Ronaldinyo Qirg'iz Respublikasiga keladi.

Bu haqda "Barselona" futbol klubi prezidenti Joan Laporta ma'lum qildi.

Qirg'iz Respublikasida "Barsa" futbol akademiyasi ochilishi tashabbuskorlaridan biri, "JalGrupp Aziya" jamoat fondi rahbari Aybek Alibaev ham Ronaldinyo ertaga Bishkekka etib kelishiga ishontirdi.

Avvalroq xorij OAVda 2005 yilgi "Oltin to'p" sohibi, futbolchi Ronaldinyoga firibgarlik ishi bo'yicha sud majlislariga kelmagani uchun Braziliyani tark etish taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o'tamiz, 30 avgust kuni soat 19:00 da Bishkekdagi "Spartak" stadionida "Barselona" futbol klubi afsonalari bilan o'yin bo'lib o'tadi. Ular "Osiyo afsonalari" jamoasi bilan to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 24.kg