"Manchester Yunayted" Skott Maktomineyni 40 million funt sterlingga baholamoqda

Omonjon To`xtamirzayev
4 avg 2023
"Qizil iblislar" Meyson Maunt va Andre Onanani sotib olib, transfer byudjetini deyarli ishlatib bo'ldi.

Biroq jamoaga yana kamida hujumchi olib kelinishi zarur.

Kimnidir sotib olish uchun jamoadan kimnidir sotish kerak. Skott - transfer qilinishi mumkin bo'lgan futbolchilardan. 

"The Guardian" ma'lumotiga ko'ra, klub shotlandiyalikni 40 million funtga qo'yib yuborishga rozi bo'ladi. 

 Yarim himoyachi xizmatlariga Deklan Raysni sotib yuborgan "Vest Xem" qiziqayotgani aytilmoqda. 

"Transfermarkt" portali 26 yoshli futbolchini 25 mln evroga baholagan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian