

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "sherlar" belaruslik darvozabon Pavel Pavlyuchenkoga qiziqib qolishdi. 1998 yilda tug'ilgan posbonning bo'yi 194 santimetr. Pavlyuchenko faoliyati davomida "Dnepr", "Dinamo-Brest", "Rux" (barchasi Belarus), "Bruk-Bet Termalica", "Gurnik" (ikkalasi Polsha) klublarida o'ynagan. 2017 yildan buyon Belarus milliy terma jamoasi tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushgan.
2019 yil "Dinamo-Brest" safida Belarus chempioni bo'lgan, 2018 yil Belarus kubogi sohibiga aylangan. 2017, 2018 va 2020 yillarda mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.
Transfermarkt portali Pavlyuchenkoning transfer narxini 300 ming evroga baholamoqda.



