"Chelsi" Liga 1'ning istiqbolli hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023, 10:53
Londonliklarga markaziy hujumchi kerak.

"Chelsi" "Monpele" bilan hujumchi Ele Vai bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi "L'Equipe". 

"Ko'klar" Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi bilan raqobatlashishlari kerak. Bunga qaramay, "Chelsi"ga "to'qqizlik" poziciyasi uchun futbolchi kerakligi aniq.

"Monpele" Ele Vaini 30 mln evroga baholamoqda. 20 yoshli forvard o'tgan mavsum Liga 1'ning 33 ta o'yinida 19 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe