PSJ yozda "Vilyarreal" yoki "Sporting" himoyachisidan birini o'z safiga qo'shib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
3 mar 2023, 10:47
Parijliklar "Vilyarreal" markaziy himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda.

PSJ himoyachisi Presnel Kimpembening kuzgacha safdan chiqqani sababli boshqa bir markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaning xabar berishicha, klubning sport ishlari bo'yicha maslahatchisi Luish Kampush oxirgi oylarda himoya chizig'i uchun "Vilyarreal"dan Pau Torres va Lissabonning "Sporting" klubidan Gonsalu Inasiuni kuzatib bormoqda. Kimpembening jarohati ehtimoliy transferni yanada tezlashtirishi mumkin.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ESPN