"Lokomotiv" 19 yoshli futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2023
"Lokomotiv" yana bir yosh futbolchi bilan 3 yillik kelishuv tuzdi.

"O'tgan mavsumda "Lokomotiv"ning U-19 jamoasiga kelib qo'shilgan va tezda o'z qobiliyatlarini namoyish qilib, U-21 jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Maqsudxo'ja A'loxo'jaev "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzoladi.



2004 yilda tug'ilgan futbolchi o'tgan yil davomida U-21 jamoasi g'alabalarida, mavsumni 2-o'rinda yakunlashida o'zining munosib xissasini qo'shdi. Kecha u klub bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Yaqindagina Lazizbek Mirzaev ham "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzolagandi. Klub bu bilan to'xtab qolmaydi va yosh, umidli futbolchilar bilan ishlashda davom etadi!", – deb yoziladi klub bayonotida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати