

Ayni vaqtda chempionlik uchun “Nasaf”, “Paxtakor” va “Navbahor” klublari kurash olib boryapti.
“Paxtakor” so'nggi turda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga chiqishi kerak. Ilk davrada tomonlar “Paxtakor” arenasida to'qnash kelgan va unda “qaldirg'ochlar” 3:2 hisobida ustun kelgandi. Ayni vaqtda “Bunyodkor” stadionida ta'mirlash ishlari davom etayotganidan kelib chiqib, “Paxtakor” takroriy o'yinni ham o'z maydonida o'tkazmoqchi. Biroq mazkur holat chempionlik raqobatiga ta’sir ko'rsatishidan kelib chiqib, O'zPFL bunga ruxsat bermagan.
26 noyabr kuni “Jar” va “Lokomotiv” stadionlarida ham uchrashuvlar bor ekanligidan kelib chiqib, O'zPFL Toshkent derbisi uchun faqatgina AGMK maydonini taklif qilgan.




