Sardor Rashidov Qatar kubogi uchrashuvida dubl qayd etdi

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2022
Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Umm Salal" jamoasi Qatar kubogi guruh bosqichi doirasida "Al Vakra" mehmoni bo'ldi.

Mazkur bahsda "Umm Salal" 5:3 hisobidagi g'alabaga erishdi. E'tiborlisi, mehmonlarning ikkita goliga o'zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov mualliflik qildi. 

Qatar kubogi. 4-tur.

"Al Vakra" - "Umm Salal" 3:5

Gollar: Saddiki 12 - 0:1, Xalifi 16 - 0:2, Mazid 19 - 1:2, Rashidov 42 - 1:3, Xassan 51 - 2:3, Rashidov 57 - 2:4, Xassan 65 - 3:4, Sheyx 90+3 - 3:5.

Ma'lumot uchun, "Umm Salal" Qatar kubogi guruh bosqichidagi to'rtta uchrashuvdan so'ng 12 ochko jamg'argan holda peshqadam bo'lib turibdi. Guruhda dastlabki ikkita o'rinni egallagan jamoa yarim final bosqichiga yo'l oladi. Guruhdan 6 ta jamoa o'rin olgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia