33 yoshli Sergey Arslanov O'zbekiston U-16 terma jamoasiga katta murabbiy sifatida tayinlandi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2019, 14:40
O'zbekiston U-16 terma jamoasi bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Toshkentda yig'in olib bormoqda.

Terma jamoa futbolchilari bosh murabbiyi Azamat Abduraimov qo'lostida har kuni "Chig'atoy" sport majmuasida mashg'ulotlar olib borishmoqda.

Bugun Azamat Abduraimovga yordamchi murabbiy tayinlandi. Sergey Arslanov endilikda O'zbekiston U-16 terma jamoasining katta murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov va boshqa mutasaddilar bugun "Chig'atoy"ga tashrif buyurib, terma jamoa a'zolariga Sergey Arslanovni tanishtirishdi.

Ma'lumot uchun, Sergey Arslanov 1986 yilda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini Muborakning "Mashal" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Sho'rtan", "Andijon", "Buxoro" kabi jamoalarda to'p surgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz