Bugun futbol. "Nasaf" - "Lokomotiv"

Xayrulla Xoliqov
29 avg 2022, 14:07
Bugun Superliga 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bu Server Jeparovning "Lokomotiv" bosh murabbiyi sifatidagi ilk o'yini bo'ladi.

Turnir jadvalida "Nasaf" 31 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 27-9. "Lokomotiv" esa 17 ochko bilan 10-pog'onada boryapti. "Loko"da to'plar nisbati 13-21. 

Bu "Nasaf"ning o'z maydonidagi 8-o'yini bo'ladi. Bungacha bo'lib o'tgan 7ta bellashuvda qarshiliklar 2 bor g'alaba qozonib, 4 marta durang o'ynagan hamda bitta o'yinda mag'lub bo'lgan. Uydagi bahslarda to'plar nisbati 10-4. "Nasaf" uy o'yinlarida 10 ochkoni qo'lga kiritgan. 

"Nasaf" uyda:

"Metallurg" - durang, 1:1

"Surxon" - g'alaba, 2:0.

"Paxtakor" - durang, 0:0

"Qizilqum" - g'alaba, 5:0

"Olimpik" - durang, 2:2

"Navbahor" - mag'lubiyat, 0:1

AGMK - durang, 0:0

Fakt: "Nasaf" Superliganing oxirgi 5ta o'yinida faqat bir bor g'alaba qozondi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari safarda "Meitallurg"dan 2:0 hisobida ustun kelishdi. 


"Lokomotiv" shu paytgacha mehmonda 8ta o'yin o'tkazgan bo'lib, shundan 2tasida g'alaba qozongan. Bir bor durang qayd etilgan bo'lsa, 5 marta imkoniyat boy berildi. Safar bellashuvlarida "Loko"ning to'plar nisbati 7-14.

"Lokomotiv" safarda:

"Qizilqum" - mag'lubiyat, 0:2

"Bunyodkor" - mag'lubiyat, 1:2

"Dinamo" - mag'lubiyat, 1:3

"Neftchi" - g'alaba, 1:0

"Olimpik" - g'alaba, 3:0

"Navbahor" - mag'lubiyat, 0:2

"Metallurg" - durang, 1:1

AGMK - mag'lubiyat, 0:4

Fakt: "Lokomotiv" safarda oxirgi uch turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Bugun "temiryo'lchilar" ushbu noxush ananaga barham berishga harakat qilib ko'rishadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia