Rasman: Gyotce "Ayntraxt" bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2022
Yarim himoyachi Mario Gyotce Germaniyaga qaytdi.

Germaniya OAVga ko'ra, "Ayntraxt" o'yinchining huquqlarini 4 million evroga sotib olgan.

Gyotce 2021/22 yilgi mavsumda PSV safida 52 o'yinda 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Xavbek Niderlandiyaga ko'chib o'tishdan oldin Dortmundning "Borussiya"si va "Bavariya"da o'ynagan. Gyotce Germaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan. Aynan u JCH-2014 finalida hal qiluvchi gol muallifiga aylangandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: eintracht.de