"Mixed zone". Ulug'bek Hoshimov: "O'yinimiz chiqmadi" deyish xato bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2022, 10:34
U-23 Osiyo Kubogi 1-turidan joy egallagan O'zbekiston – Turkmaniston (1:0) bahsidan keyin hujumchi Ulug'bek Hoshimov fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Ulug'bek Hoshimov mikst-zonada bir nechta savollarga javob qaytardi.

- O'yin haqida

- Birinchi o'yinda har doim qiyin bo'ladi. Shunga qaramasdan, o'z o'yinimizni ko'rsatdik. Ko'rganingizdek, g'alaba qozondik. Xudo xohlasa, bundan keyingi o'yinlarda ham muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashini kutib qolamiz. 

- Bilamizki, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bundan ham yaxshi o'ynay oladi. Bugun nima yetishmadi deb o'ylaysiz?

- "O'yinimiz chiqmadi" deyish xato bo'ladi. Baribir birinchi uchrashuv qiyin o'tadi. Bundan keyingi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilishga intilamiz.

- Timur Kapadze sizga nimalarni uqtirdi? Maydonga tushgach, o'yinni kuchaytirdingiz...

- Gol bo'lmadi. Murabbiy gol urilishini xohladi, men ham. O'yin yaxshi o'tdi. Hamma xursand bo'ldi deb o'ylayman.  

- Bu 3 ochko siz uchun nimani anglatadi? Keyingi turda Qatar bilan o'ynaysizlar. Nimani kutyapsiz?

- Hamisha g'alaba qozonishga harakat qilib kelganmiz. Maqsadimiz – Osiyo Kubogida 1-o'rinni olish. Bundan tashqari, Olimpiadaga chiqishni mo'ljallaganmiz. Bugun 3 ochkoga ega bo'ldik. Qatarni ham engib, chempionlik sari olg'a boramiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia