"Barselona" Saloh variantidan voz kechdi

Sherzod Nurmatov
4 apr 2022, 00:33
Misr va "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.

Jurnalist Xavi Migelning yozishicha, "Barselona" futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida xarid qilmoqchi edi. Biroq Kataloniya klubi rahbariyati endilikda 29 yoshli misrlik hujumchi bilan shartnoma imzolash fikridan butunlay voz kechgan.

Qayd etilishicha, Xoland va Levandovski hamon kataloniyaliklarning transfer maqsadi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana