Shomurodovda koronavirus aniqlanganligi aytilmoqda. Hujumchi "Verona"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

Оқил Абдубарноев
18 fev 2022, 20:01
"Roma" klubi A Seriyaning 26-turi doirasida "Verona"ga qarshi bahs oldidan muammolarga duch keldi.

Jumladan, Italiyaning bir qator nashrlari rimliklar hujumchisi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Genrix Mxitaryanning koronavirus yuqtirib olganini ma'lum qilgan. Har ikkala o'yinchi izolaciyaga olinishi aytib o'tilgan.

Shuningdek, asosiy tarkib futbolchilaridan biri Nikolo Zaniolo ham jarohati sababli "Verona"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. Manchini va Ibanesning maydonga tushishi ham so'roq ostida turibdi.

Eslatib o'tamiz, “Roma” – “Verona” uchrashuvi 19 fevral kuni soat 22:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ilmessaggero