OCHL va OFK kubogi qur'a tashlash marosimi sanasi o'zgardi

Sherzod Nurmatov
25 dek 2021, 19:42
Ma'lumotlarga ko'ra, Osiyo Chempionlar ligasi hamda OFK kubogi 2022 yilgi mavsumiga qur'a tashlash marosimi oldinroq ma'lum qilinganidek, 13 yanvarda bo'lib o'tmaydi.

Qur'a jarayoni 17 yanvarga belgilandi. 

Shu kuni dastlab pley-off bosqichiga, keyin esa guruh bahslariga, shuningdek, OFK kubogi uchun qur'a tashlanadi. 

Qur'a marosimi ananaga muvofiq OFK qarorgohi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida onlayn tarzda olib boriladi.

Xabaringiz bor, ayni paytda OCHLda O'zbekiston klublariga 1+1 kvota ajratilgan.

2022 yilgi mavsumda "Paxtakor" mamlakat chempioni sifatida to'g'ridan-to'g'ri guruh bahslarida qatnashadi, kubok sohibi "Nasaf" esa saralash bosqichida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia