Katanets "Bunyodkor" - "Navbahor"da, yordamchilari Jizzaxda

Narzulla Saydullayev
20 avg 2021
Bugun O'zbekiston kubogi nimchorak finali doirasidagi so'nggi ikki uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishi kutilayotgan sloveniyalik Srechko Katanets bugun "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga tashrif buyurdi. MTJ murabbiylar shtabidan o'rin olishi kutilayotgan Ravshan Haydarov va Katanetsning ikki yordamchisi esa Jizzaxda "So'g'diyona" - "Lokomotiv" uchrashuviga borishdi. 

Kecha Katanets "Paxtakor" - "Turon" uchrashuviga, yordamchilari esa AGMK - "Neftchi" uchrashuviga borgandi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia