

Shu kuni stadionga kelgan tomoshabinlardan eng omadlilari uylariga bir qancha televizor, changyutgich hamda uyali aloqa telefoni bilan qaytishga muvaffaq bo'ladilar. “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan tasis etilgan sovg'alar sifatida muxlislar uchun ko'ngilochar akciyada aynan shu qimmatbaho sovrinlar o'ynaladi. Xuddi shunday akciyalar “Bunyodkor”ning mavsum oxirigacha bo'lgan barcha uy bellashuvlarida ham albatta tashkil etiladi.
“Bunyodkor” - “Navbahor” uchrashuviga kirish chiptalari narxi – 10.000 so'm. CIP toifa chiptalar esa – 20.000 so'm. Chiptalarni stadion kassalaridan sotib olishingiz mumkin.
Barcha futbol ixlosmandlarini 3 oktyabr kuni stadionimizga chorlab qolamiz!
“Bunyodkor” MUXLISLAR UCHUN o'ynaydi!



