Dyerdiyokning keyingi manzili va maoshini bilasizmi?

19 iyul 2021, 19:05
Bugun O'zPFL "Paxtakor" va Eren Dyerdiyok o'rtasidagi shartnoma bekor qilinganini ma'lum qildi.

Shveytsariyalik futbolchi endi erkin agent sifatida yangi jamoa bilan bitim imzolashi mumkin. Bunga o'tishdan oldin uning "Paxtakor"dagi faoliyatiga nazar solamiz.

Omadsiz transfyer?

Dyerdiyok "Paxtakor"ga 2020 yilning yanvarida Shota Arveladze tomonidan olib kelindi. Toshkent klubi ishqibozlarining fikricha, mazkur o'tish jamoa tarixidagi omadsiz transfyerlardan biri hisoblanadi. Ular 2 narsadan norozi: Eren o'ziga to'langan maosh darajasida o'ynolmagani va u tufayli Igor Syergeev ketkazib yuborilgani.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli forvard "shyerlar" libosida 46 uchrashuv o'tkazib, 18 golga mualliflik qilishni uddaladi. Gollardan 12 tasi Supyerliga, 3 tasi OCHL, qolgan 3 tasi O'zbekiston kubogi bahslarida urilgan.

Eren Dyerdiyokning bitta goli necha pul turadi? Uning "Paxtakor"dagi bir kunichi?

Ushbu transfyer klub uchun qanchalik omadli bo'ldi? Yuqoridagi ma'lumotlar asosida o'zingiz xulosa yasashingiz mumkin. Biz esa shveytsariyalik forvardning keyingi manzili haqida fikr yuritamiz.

Turkiya

Dyerdiyok ayni paytda Turkiyada bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz, u 2014-2019 yillarda mazkur o'lkaning "Galatasaroy", "Gyoztepe" va "Qosimposho" klublari sharafini himoya qilgan edi. U 5 yil davomida Turkiya Supyerligasida 106 uchrashuv o'tkazib, 35 bor o'z nomini tabloga yozdirishni uddalagan. Biroq, uning yangi jamoasi Supyerliga vakili bo'lmaydi.

"Anqaragyuchu"

Turk Supyerligasining 2020-21 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, poytaxtning "Anqaragyuchu" klubi quyi divizionga ravona bo'ldi. Ayni paytda jamoa ustozi Mustafo Dalchi yangi mavsum uchun kyerakli futbolchilarni yig'ish bilan band. Aytishlaricha, Erenning yangi klubi aynan "Anqaragyuchu" bo'ladi. Bu haqda turk matbuoti oxirgi 24 soatda bong urdi. Dyerdiyokning transfyeri hafta oxiriga qadar e'lon qilinishi kutilmoqda.

Maosh

"Paxtakor" matbuot xizmati 18 iyun kuni Erenning yillik maoshi 1,3 mln evro ekani haqida ma'lumot byergan edi. Shveytsariya tyerma jamoasining sobiq forvardi Anqarada Toshkentdagiga nisbatan 3 barobar kamroq pul topadi. "Hürriyet" gazetasining ma'lum qilishicha, Dyerdiyokning "Anqaragyuchu"dagi yillik maoshi 400 ming evro atrofida bo'ladi.

Futbol xavf ostida

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia