Evro-2020. Italiya – pley-offga yo'l olgan birinchi jamoa

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2021, 02:04
Italiya terma jamoasi guruh bosqichi 2-turida Shveytsariyani yirik hisobda mag'lub etdi (3:0).

Italiya 1-turda Turkiyani ham shu hisobda yutgan edi.

Shu tariqa Italiya "A" guruhida 6 ochko yig'ib, pley-off bosqichidagi ishtirokini naq qildi. 

Italiyaliklar keyingi turda Uelsga mag'lub bo'lgan taqdirda ikkinchi o'rindan pastga tushishmaydi.

Uels 4 ochko bilan ikkinchi o'ringa joylashgan. Shveytsariya 1 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Turkiya ochkosiz to'rtinchi o'rinda turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia