

Birinchi taymning 34-daqiqasida mezbonlar vakili Yovan Jokich qizil kartochka oldi va 38-daqiqada "Bunyodkor" vakili Xurshid G'iyosov penaltidan hisobni ochdi.
Tanaffusdan keyin 10 kishi bo'lib qolgan AGMK ketma-ket uchta gol urib irodali g'alabaga erishdi - 3:1.
Eshitishimizga qaraganda mazkur bahsda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Bunyodkor" kiyim almashtirish xonasiga kirgan. PFL komissari qarshiligiga qaramay Abramov sobiq klubi echinish xonasiga kirgan. Bu o'yinda PFL vakili Shohruh Said komissar bo'lgan. Komissarlarga intervyu berish mumkin emasligi bois uning fikrini ololmadik.



