

Janubiy Koreya K-ligasi 1-turida "Ulsan Xyonde" o'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov to'p tepadigan "Kanvon"ni qabul qildi va yirik (5:0) hisobda g'alaba qozondi. Mehmonlar safida Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq harakat qildi. Qayd etish kerakki, hisobning bunchalik yiriklashib kyetishiga 53-daqiqada mehmonlar o'yinchisi Lim Chay Minning qizil kartochka olishi ham sabab bo'ldi.
Iskanderov harakat qiladigan "Sonnam" klubi esa o'z uyida debyutant "Jeju Yunayted" bilan nursiz durang (0:0)ga imzo chekdi. Mezbonlar safida o'zbekistonlik xavbek Jamshid Iskanderov qaydnomada yo'q edi, shu bilan birga "Jeju"ning yangi o'yinchisi Islom Kenjaboev ham bugungi o'yinni o'tkazib yubordi. Takidlash kerakki, mehmonlar o'yinchisi Jin 72-daqiqada maydondan chetlatildi, ammo yakunda baribir hisob o'zgarmadi.




