Benites "Napoli" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Alisher
3 fev 2021, 15:20
Ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites Italiyaga qaytishi mumkin.

60 yoshli murabbiy "Napoli"da Jennaro Gattuzoni almashtirishi mumkin. Tomonlar hamkorlik bo'yicha kelishib olishdi.

Eslatib o'tamiz, Rafael neapolliklarni 2013-2015 yillarda boshqargan. Ispaniyalikning so'nggi ish joyi Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi bo'lgan edi.

"Napoli" Italiya chempionatida 19 o'yindan so'ng 37 ochko bilan jadvalda 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport