"Arsenal" tarixidagi eng qimmat sotuvni bilasizmi?

25 yanv 2021, 19:33
Championat.asia'da yangi - "Top-10" rukni ochildi. Endi futbol tarixiga oid qiziqarli ma'lumotlarni muntazam ravishda e'tiboringizga havola qilib boramiz.

So'nggi yillarda Yevropa klublari transfer oynalarida yuz millionlab pullarni sovurishiga o'rganib qoldik.  Mavsumlar oralig'ida transfer rekordlari yangilangani to'g'risidagi xabarlar chiqishi odatiy holga aylanib qoldi. Bugun saytimiz o'quvchilari uchun Londonning "Arsenal" klubi tarixidagi eng qimmat narxga sotilgan o'yinchilar o'nligini haqida ma'lumot berishga qaror qildik.

Ro'yxatning 1-pog'onasini Niderlandiya terma jamoasining sobiq forvardi Mark Overmars egallab turibdi. 2000 yilning yozida "Barselona" rahbariyati 27 yoshli futbolchi uchun 40 million evro to'lagan. Mana, oradan 20 yil o'tgan bo'lsa ham, "to'pchilar" hech bir futbolchining transferidan bundan ko'proq mablag' ishlab olishmadi.


ismiyoshiqayerdan?qachon o'tgan?qaysi klubga?transfer narxi
1Mark Overmars27Niderlandiya2000 yilning yozi"Barselona"40 mln evro
2Aleks Oksleyd-Chemberlen24Angliya2017 yilning yozi"Liverpul"38 mln evro
3Nikolya Anelka20Fransiya1999 yilning yozi"Real Madrid"35 mln evro
4Aleksis Sanches29Chili2018 yilning qishi"Manchester Yunayted"34 mln evro
5Sesk Fabregas24Ispaniya2011 yilning yozi"Barselona"34 mln evro
6Robin van Persi29Niderlandiya2012 yilning yozi"Manchester Yunayted"30,7 mln evro
7Aleks Ivobi23Nigeriya2019 yilning yozi"Everton"30,4 mln evro
8Emmanuel Adebayor25Togo2009 yilning yozi"Manchester Siti"29 mln evro
9Samir Nasri24Fransiya2011 yilning yozi"Manchester Siti"27,5 mln evro
10Teri Anri29Fransiya2007 yilning yozi"Barselona"24 mln evro

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia