BAA. O'zbek futbolchilari derbisida "Shabab Al-Ahli"ning qo'li baland keldi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021
BAA Pro-Ligasining 13-turidan o'rin olgan "Shabab Al-Ahli" - "Al Nasr" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv yakuniga etdi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida Yaxyo al-Gassani tomonidan kiritilgan gol mezbonlarga g'alaba keltirdi.

Bahsda "Shabab Al Ahli" tarkibidagi Aziz G'aniev to'liq 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, mehmon jamoa tarkibidagi Doston Hamdamov 80-daqiqada zaxiraga olindi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia