Eshitdik-da! Dostonbek Hamdamov BAA klubiga o'tadi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2021, 20:38
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Dostonbek Hamdamov yaqin kunlar ichida BAAning "Al Nasr" klubi bilan shartnoma tuzadi. Hamdamovning "Paxtakor" bilan shartnomasi 31 dekabr kuni yakuniga etdi.

Dostonbek bir necha kun davomida Dubayda oilasi bilan xordiq chiqardi va Toshkentga qaytib keldi. Tez orada futbolchimiz Dubayga shartnoma tuzish uchun boradi.

Ma'lumot uchun, Dubayning "Al Nasr" klubi 1945 yilda tashkil topgan. O'z uy o'yinlarini 15058 tomoshabinga mo'ljallangan "Al Maktum" stadionida o'tkazadi. Jamoani ayni paytda xorvatiyalik Krunoslav Yurchich boshqarmoqda. BAA pro ligasida 12ta turdan keyin "Al Nasr" 24 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Klub safida Rayan Mendes (Kapo Verde), Brandli Kuvas (Kyurasao), Dia Saba (Isroil), Toze (Portugaliya) kabi legionerlar faoliyat olib bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia