Eshitdik-da! "Neftchi"ga Mo'minjonov bosh murabbiy bo'ladi va tarkib kuchaytiriladi

Alisher
11 dek 2020
Farg'onaning "Neftchi" klubi kelasi yildan boshlab O'zbekiston Superligasida ishtirok etishi mumkin.

Bizga ma'lum bo'lishicha, 2021 yildan "Neftchi"ga "Navbahor" sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov ustozlik qiladi. Xabaringiz bor, Mo'minjonovning diskvalifikaciyasi shu yil oxirida yakuniga etadi va yangi yildan ushbu mutaxassis istalgan jamoada ishlay oladi. Eslatib o'tamiz, Mo'minjonov Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi bo'lib ishlaganida "Navbahor" murabbiyi bo'lgandi. Ayni paytda Bozorov Farg'ona viloyati hokimi hisoblanadi.

Klub shuningdek Superligada ishtirok etishi mumkinligi sabab tarkibni sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. 


AlisherMuallif
Manba: championat.asia