Belbog'li kurash bo'yicha o'tkazilgan bahslarda vakillarimiz ikkita bronza medaliga sazovor bo'lishgan. 90 kilogrammgacha bo'lgan vazndagi polvonlar orasida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi Nozimjon Ibrohimjonov dastlabki bellashuvda armanistonlik Karen Janoyanni 6:1 hisobida dog'da qoldirdi. Ikkinchi bellashuv chorak finalda gruziyalik Rudolf Oganesovga qarshi o'tkazilib, unda ham Nozimjon 7:0 hisobida ishonchli g'alaba erishdi. Yarim finalda rossiyalik Alibek Xapaevga imkoniyat boy berilgandan so'ng bronza medal uchun hal qiluvchi bahsda Ibrohimjonov mo'g'ulistonlik polvon Otgonbatar Lxagvasurenning kuragini erga tekkizib Universiadaning uchinchi o'rnini qo'lga kiritdi. Bu vaznda rossiyalik Alibek Xapaev oltin, Turkmpniston vakili Seydi Batirov kumush, qirg'izistonlik Kanimet Barpibekov hamda Nozimjon Ibroximjonovlar bronzaga ega bo'lishdi.
75 kg vazn toifasida gilamga chiqqan polvonimiz Zaylobiddin Ortiqov birinchi davrada mo'g'ulistonlik sportchidan ustun keldi. Ikkinchi davrada rossiyalik Alibek Lepshokovdan mag'lub bo'lgan Zaylobiddin o'tish turnirida muvaffaqiyatli kurash olib bordi. U dastlab yaponiyalik Daysuke Fukagavani, so'ngri gruziyalik Omari Niyazashvilini mag'lub etib bronza sovrindor bo'ldi. Bu vazn toifasida Rossiya vakili Alibek Lepshokov oltin, qozog'istonlik Dimash Moldashev kumush va moldovolik Igor Beslega va Zaylobiddin Ortiqovlar bronzaga ega bo'lishdi.
Qozon universiadasida dzyudochilarimizdan 100 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida Soib Qurbonov dastlab germaniyalik Dino Pfefferni, ikkinchi raundda braziliyalik Rafael Buzakariniga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza medal uchun o'tish turnirida dastlab qirg'izistonlik Bolot Toktogonovni, keyin yapopiyalik Ryuki Ogavani mag'lubiyatga uchratdi va bronza medal uchun hal qiluvchi bahsda janubiy Koreya vakili Ji Xo Shimga qarshi kurash olib bordi. Bu bahsda texnik g'alaba bilan Soib Qurbonov ustun kelib Universiadaning bronza medali bilan taqdirlandi. Bu vazn toifasidagi dzyudochilar bahsida oltin medal chexiyalik Lukash Krpalekka, kumush rossiyalik Zafar Maxmadovga, bronza esa Soib Qurbonov va braziliyalik Rafael Bazakariniga nasib etdi. Kecha shuningdek, 100 kilodan og'ir vazn toifasida Elyor Masharipov dastlab qirg'izistonlik Yuriy Krakoveckini mag'lubiyatga uchratib chorak finalga yo'l oldi. Bu bosqichda u estoniyalik Yuxan Mettisga ippon bilan boy berdi. O'tish turnirida esa Elyor fransiyalik Jan Bonvoysindan mag'lubiyatga uchradi.
Eslatib o'tamiz, Qozondagi universiada o'yinlarida dzyudo terma jamoamiz safida endi Bahrom Inoyatov, Rishod Sobirov, Mirali Sharipov, Yaxyo Imomov, Dilshod Choriev va Sherali Jo'raevlar mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Bugun 81 kg vaznda Yaxyo Imomov mo'g'ulistonlik Timurxuyagga qarshi birinchi jangini o'tkazadi. 90 kiloda Dilshod Choriev esa ukrainalik Stanislav Petinskiy bilan kurash olib boradi.
Butunjahon talabalar universiadasining boks musobaqalarida bugun etti nafar yurtdoshimiz ringga ko'tarilishadi. 49 kilogacha bo'lgan vaznda ringga chiqqan hamyurtimiz Hasanboy Do'stmatov chorak finalda tojikistonlik Fayzmamat Malaxbekovni mag'lubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqdi. Yarim finalda Xasanboy Do'smatov mo'g'ulistonlik Gan-Erden Ganxuyagga qarshi ringga ko'tariladi.
52 kilgoramm vaznda terma jamoamiz a'zosi Jasurbek Latipov esa birinchi davrada ozarbayjonlik Tural Ahmadovdan ustun keldi. Ertaga Latipov yarim final yo'lida ukrainalik Aleksandr Shepelyukka qarshi kurash olib boradi.
60 kilogacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Fazliddin G'oyibnazarov Xitoy kecha taypeylik Chi Yuan Kaoni mag'lub etib bugun chorak finalda turkmanistonlik Farux Yomutov bilan jang olib boradi. 75 kilogacha bo'lgan vazn toifasida Azizbek Abdug'ofurov kecha qirg'izistonlik Nursulton Osmonovni enggan edi, bugun yarim final yo'llanmasi uchun u estoniyalik Kaupo Arpoga qarshi bahs olib borsa, kecha italiyalik Simone Fioredan ustun kelgan 81kg vazn toifasidagi Elshod Rasulov bugun ozarbayjonlik Rauf Rahimov bilan jang olib boradi.
Bugun shuningdek, 69 kilogacha bo'lgan vaznda kurash olib borayotgan Xushnudbek Normatov fransiyalik Sulemani Sissoxoga qarshi, 64 kilo vazndagi Sanjarbek Rahmonov rossiyalik Rajab Bo'taevga qarshi, 91 kilogacha bo'lgan bokschilar orasida Rustam To'lyaganov estoniyalik Rain Karlson bilan va og'ir vazn toifasidagi Mirzohid Abdullaev italiyalik Mario Frederikiga qarshi ringga ko'tarilishadi.
Universiada o'yinlarining birinchi kunidan so'ng mezbon Rossiya terma jamoasi medallarni yig'ish bo'yicha yetakchilikka chiqib oldi. Ular 7 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza medalga ega. Xitoylik talabalar 2 tadan oltin va bronza, 4 ta kumush bilan ikkinchi, Yaponiya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 kumush va 3 ta bronza medal bilan uchinchi o'rinda. Shuningdek, Janubiy Koreya 3 ta, Ukraina, Qirg'iziston, Germaniya kabi mamlakatlari talaba sportchilari ikkitadan oltin medalga ega bo'lsa, Turkmaniston, belarus, Litva, Avstraliya, Braziliya, Mo'g'uliston, Chexiya, Vengriya kabi terma jamoalar hisobida bittadan oltin medal mavjud. Butun talabalar o'yinlarida 32 ta medallar shodasi o'z egalariga topshiriladi. Ulardan eng ko'pi akademik eshkak eshish musobaqalarida 8 ta nominaciyada g'olib aniqlanadi. Bu musobaqalarda ikkita yo'nalishda yagona sportchimiz Abubakir Uzoqboev ishtirok etadi.
Suvga sakrashda ayollar va erkaklar o'rtasida bittadan chempion aniqlanadi. Bu distanciyada vakillarimiz ishtirok etmayapti. Dzyudoda ayollar va erkaklar o'rtasida to'rtta vaznda g'oliblar aniqlanadi. Erkaklardan 81 va 90 kg vaznlarda Yaxyo Imomov va Dilshod Chorievlardan medal kutamiz. Engil atletikaning erkaklar va ayollar o'rtasida uchtadan oltita medallar shodasi o'ynaladi. Bu sport turidagi ikki vakilimiz hali musobaqani boshlamaydi. Og'ir atletikada erkaklar 62 kg, ayollar 58 kg vaznda kurashadi. Bu vaznlarda o'zbekistonliklar yo'q. Belbog'li kurashda bugun ayollar o'rtasida musobaqalar o'tkaziladi. Unda birgina 52 kg vaznda Zamira Axmedova gilamga chiqsa, Sport gimnastikasi bo'yicha erkaklar jamoaviy musobaqalarda vakillarimiz yo'q.
"Mashal" radiokanali